Toyloqda belbog‘li kurashchilar bellashmoqda
Bugun – 18 mart kuni Samarqand viloyatidagi Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida belbog‘li kurash bo‘yicha 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Chempionatning tantanali ochilish marosimida Samarqand viloyati sportni rivojlantirish boshqarmasi mutasaddilari, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiya mutaxassislari ishtirok etib, shiddatli bellashuvlarda yosh polvonlarga omad tiladi.

2022 yilgi sport musobaqalari taqvim rejasiga asosan o‘tkazilayotgan mazkur chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarning 300 nafarga yaqin yosh polvonlari qatnashmoqda. Musobaqada o‘g‘il bolalar 11 ta vaznda, qizlar esa 7 ta vaznda g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Bellashuvlar 20 martga qadar davom etadi.
O‘zA.