Toyloq mevalari xorijda ham xaridorgir (+video)
Samarqand viloyati Toyloq tumanida joylashgan “Siyob Shavkat orzu” fermer xo‘jaligi 2012 yildan beri faoliyat yuritib keladi.
Xo‘jalik tasarrufidagi mavjud 60 gektar mevali bog‘ning 56 gektarida olma, 3 gektarida shaftoli, 1 gektar maydonda olcha yetishtirilmoqda. Ayni paytda xo‘jalikning olma bog‘larida ish qizg‘in. Xo‘jalik ishchilari bog‘da mevalarni yig‘im-terim ishlari bilan band.
[gallery-25289]
Xo‘jalik ish yurituvchisi Nuriddin Amriyevning ta’kidlashicha, gektaridan 35-40 tonna hosil yetishtirilgan. Har gektar maydondan olingan hosilning 20 tonnaga yaqini eksportbop mahsulot bo‘lib, xorijda xo‘jalik mevalari o‘z xaridoriga ega.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/UKs4RW6B2ZM" title="Toyloq mevalari xorijda ham xaridorgir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Alisher ISROILOV (surat, video), O‘zA