Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi boshlandi
18-19-may kunlari Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” mavzusida “Xalqaro migratsiya forumi-2026” bo‘lib o‘tishi haqida O‘zA avval xabar bergan edi. Hozirgina poytaxtimizdagi "Intercontinental" mehmonxonasida mazkur nufuzli anjuman o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda "International Organization for Migration" hamkorligida tashkil etilgan tadbir mehnat migratsiyasi sohasiga zamonaviy yondashuv, migrantlar huquqi va manfaatini himoya qilish, xavfsiz va qonuniy migratsiya mexanizmini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadlarini ko‘zlagan.



Markaziy Osiyo, Yevropa, AKSH kabi dunyoning 40 dan ziyod davlatidan 600 ga yaqin ishtirokchini to‘plagan forum tafsilotini uza.uz sayti orkali kuzatib borishingiz mumkin.
Go‘zal Sattorova,
Farxod Abdurasulov (surat), O‘zA