Toshkentda O‘zbekiston–Gongkong biznes muloqoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston tashqi savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida yirik O‘zbekiston–Gonkong biznes forumi tashkil etildi. Gonkong maxsus ma’muriy hududi Administratsiyasi rahbari Li Szyachao boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida o‘tgan ushbu davra suhbati va "B2B" uchrashuvlari ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va Gonkong Savdoni rivojlantirish kengashi raisi Frederik Ma ishtirok etdilar. Ular mazkur muloqot shu yilning 4–7-may kunlari o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Gonkongga qilgan sermahsul tashrifining mantiqiy davomi ekanini ta’kidladilar.
Ikki mamlakatdan 100 dan ortiq yirik biznes vakillari va investorlarni birlashtirgan ushbu anjumanda asosiy e’tibor o‘zaro savdo hajmini oshirishga qaratildi. Muzokaralarda O‘zbekistonning sanoat, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Gonkong orqali Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga chiqarish, shuningdek, yurtimizga xorijiy kapitalni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar moliya, logistika, yuqori texnologiyalar va raqamli xizmatlar sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Bunda Gonkongning xalqaro moliya markazi sifatidagi imkoniyatlari va O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar mustahkam asos bo‘lishi aytib o‘tildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UM5UIXlfTEo?si=l4WBpdA8sYFQ3oTk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, O‘zA