Toshkentda “Jewelry Fair 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun Toshkentdagi “HUMO ARENA” majmuasida zargarlik sanoati vakillari, dizaynerlar hamda xalqaro investorlarni bir maydonga jamlagan “Jewelry Fair 2026” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Sohaga berilgan imtiyozlar — bojxona, QQS va mol-mulk soliqlaridan ozod etish hamda xomashyoni 180 kungacha kechiktirib to‘lash imkoniyati amaliy samara bermoqda. State darajasida 100 tonna oltin hamda 200 tonna kumush xarid qilinishi xomashyo bazasini mustahkamladi.
Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida sub’ektlar soni 2 928 taga, umumiy bandlik 6 500 nafardan oshdi. Sanoatda 150 foizlik o o‘sish qayd etilib, 22,4 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarildi hamda 21 trillion so‘mlik savdo hajmi amalga oshirildi. Eksport ko‘rsatkichi 11 tonnani (1,5 milliard dollar) tashkil etdi.
Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov,
Iskandar Ismetov, O‘zA