Toshkentda iqtisodiy o‘sishni rivojlantirishga bag‘ishlangan forum o‘z ishini boshladi
Bugungi kunda mamlakatda eng muhim kompleks ko‘rsatkichlardan biri – bu iqtisodiy o‘sish. Iqtisodiy o‘sish ijtimoiy ishlab chiqarish, jamg‘arish va individual iste’molni bir butunga birlashtiradi. Iqtisodiy o‘sish ijtimoiy mehnat xarajatlari va unumdorligi, shaxslarning farovonligi va ijtimoiy boylikning o‘sishi bilan tavsiflanadi.
Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda me’morchilik estetik qo‘shimcha emas, balki zamonaviy megapolislarning investitsiyaviy jozibadorligi va barqarorligini shakllantiruvchi fundamental sarmoya sifatida muhokama qilindi.

Shaharsozlik, transport infratuzilmasi, jamoat joylarini rivojlantirish hamda shahar muhiti sifatini oshirish bo‘yicha amaliy yechimlar muhokama markazida bo‘ldi.

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA