Toshkentda ilk bor yoshlar o‘rtasida bilyard turniri o‘tkazildi
Poytaxtimizda bilyard sport turi bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tdi.
Ilk bor yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan mahoratli yosh bilyardchilar murosasiz bahslarda o‘z mahoratini namoyish etdi.

Ikki kun davom etgan musobaqalar yakunida poytaxtlik yosh bilyardchilar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, Abdubois Abdumannopov barchadan mahoratli ekanligini namoyish etib, turnir g‘olibiga aylandi.
Shuningdek, Azizxo‘ja G‘ulomqodirov, Mustafo Abduvahobov va Aziz Abdullayev sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Turnirning g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston bilyard federatsiyasining diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA