Toshkentda ilk bor “Mehr marafoni” o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Mehr marafoni” o‘tkazildi.
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan marafonda Toshkent shahar IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi, Davlat bojxona qo‘mitasi, FVV kinologiya xizmatlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti itlari, “Mehr”, “Hayot”, “Mehr va oqibat” kabi boshpanalarda saqlanayotgan ushbu turdagi jonivorlar qatnashdi.
[gallery-9374]
Musobaqa hayvonlarning kattaligi va tayyorgarligiga qarab, turli startlarni o‘z ichiga oldi.
Marafondan tushgan barcha mablag‘ shartli egalik qiluvchi hayvonlarni sterilizatsiya qilish dasturiga yo‘naltiriladi.
Davron ERNAZAROV (surat), O‘zA