Toshkentda dunyo qilichbozlari bahslashadi
Toshkent yana bir xalqaro sport musobaqasini qarshilashga hozirlik ko‘rmoqda.
Joriy yilning 20-21 noyabr kunlari 30ga yaqin davlatlarning sportchi qizlari Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugungacha Rossiya, Polsha, Bolgariya, Qozog‘iston, Misr, Ukraina, Ozarbayjon, Belarus mamlakatlari mazkur nufuzli musobaqada qatnashish talabnomalarini tashkiliy qo‘mitaga taqdim etgan.
Musobaqaning birinchi kunida sportchilar yakkalik bahslarda, ikkinchi kuni jo‘ftlik bellashuvlarida qatnashishadi.
E’tiborli jihati, mamlakatimizning bir qator umidli sportchilari qatorida Tokio olimpiadasi ishtirokchisi bo‘lgan mahoratli sportchimiz Zaynab Dayibekova kubok bahslarida ishtirok etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA