Toshkentda 79 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi
Unga “COVID-19”, yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qoʻyilgan.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. (erkak kishi) joriy yil 19-iyun kunidan tana harorati koʻtarilib, yoʻtal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.
2-iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.
Unga “COVID-19”, yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qoʻyilgan.
Shifokorlarning standartlar asosida oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi