Toshkentda 6 ta avtomobilni daraxt bosib qoldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun – 18 mart kuni soat 07:22 larda Uchtepa tumani Chilonzor 23-mavze 31-uy oldidagi daraxt avtomashinalar ustiga qulaganligi bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar kelib, tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipaji yetib borgan. Daraxt qulashi tufayli 6 ta ("Kia", "Gentra", "Nexia-3", "Damas", "Cobalt", "Niva") yengil avtomobiliga zarar yetgan.
Hozirda yuzaga kelgan vaziyat oqibatlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.
O‘zA