Toshkent xalqaro turnir mezboni
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ITF turkumiga kiruvchi nufuzli xalqaro turnir boshlandi. Musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan oltmishdan ziyod o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini Jo‘rabek Karimov, Xumoyun Sultonov, Xumoyun Abdumalikov, Ahad Ermatov, Sharobiddin Abzalov, Saida’lo Saidkarimov, Go‘zal Yusupova, Sarvinoz Saidxo‘jayeva, Shahnoza Xamatova, Laylo Bahodirova kabi yosh tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida himoya qilmoqda.
Asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasida iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov rossiyalik Nikita Valensevni 6:1, 6:2 hisobida yenggan bo‘lsa, Xumoyun Sultonov yana bir rossiyalik Lev Kazakovni 6:3, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Sharobiddin Abzalov AQSh vakili Olukayode Ayyenini 7:6, 7:5 hisobida, Saida’lo Saidkarimov rossiyalik Nikolay Kolobayevni 3:6, 6:0, 6:2 hisobida yengdi. Qizlardan Laylo Bahodirova Viktoriya Kovaleva (Rossiya) ustidan 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Xalqaro turnir davom etmoqda.