Toshkent xalqaro arbitraj markaziga aylanmoqda (+video)
Joriy yil 20–21-aprel kunlari Toshkent shahrida xalqaro arbitraj sohasiga bag‘ishlangan yirik o‘quv-amaliy trening tashkil etildi. Mazkur ikki kunlik dastur Turkic Arbitration
Association (TAA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida o‘tkazilmoqda. Mazkur trening xalqaro arbitraj sohasida faoliyat yuritayotgan va ushbu yo‘nalishda bilimlarini chuqurlashtirishni istagan advokatlar, korporativ yuristlar, davlat organlari vakillari hamda arbitraj amaliyotchilari uchun mo‘ljallangan.
Dasturda xalqaro miqyosda tan olingan yetakchi mutaxassislar — Parij, Frankfurt va boshqa yirik huquqiy markazlarda faoliyat yuritayotgan tajribali arbitrlar va yuridik firmalar hamkorlari ishtirok etadi. Ular orasida xalqaro arbitraj bo‘yicha boy tajribaga ega mustaqil arbitrlar, investitsiyaviy nizolar, tijorat arbitraji hamda yirik infratuzilma loyihalari bilan bog‘liq bahslarni yuritgan ekspertlar tomonidan olib borilmoqda.
Treningning asosiy maqsadi — ishtirokchilarga nafaqat nazariy bilim berish, balki real ishlar misolida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Trening davomida interaktiv muhokamalar, keys-stadilar va savol-javob sessiyalari tashkil etilagan.
Mazkur tashabbus O‘zbekistonda xalqaro arbitraj madaniyatini rivojlantirish, milliy huquqshunoslarning global huquqiy maydondagi raqobatbardoshligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/tPND9hSfgHQ?si=CwD98JDLV4R-5EaU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA