Toshkent viloyati polvonlari bellashdi
O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi va Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida viloyat turniri o‘tkazildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur musobaqada viloyat tuman va shaharlaridan kelgan 60 dan ziyod polvon 7 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.
Turnirda Shahzod Usmonov, Hasan Vohidov, Jahongir Vohidov va Farrux Ne’matov o‘z vazn toifasida shohsupaga ko‘tarildi. Shuningdek, Farrux Ne’matov musobaqaning mutlaq g‘olibi, deya e’tirof etildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.