Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining tashabbusi
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi jurnalist va blogerlar oʻrtasida sport hamda sogʻlom turmush tarzining targʻiboti boʻyicha tanlov eʼlon qildi.
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi jurnalist va blogerlar oʻrtasida sport hamda sogʻlom turmush tarzining targʻiboti boʻyicha tanlov eʼlon qildi.
Talabgorlar Toshkent viloyatiga taalluqli sport tadbirlari, Respublika va xalqaro miqyosda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan sportchilarimiz faoliyatiga bagʻishlangan koʻrsatuv va maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Materiallar 20.01.2020 dan 20.02.2020 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida televideniye, gazeta va jurnallarda, veb-saytlarda eʼlon qilingan boʻlishi lozim.
Gʻoliblar Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi
Axborot xizmati