Toshkent tumanida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent tumanidagi “Universal” sport majmuasida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Chempionat bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olganlar orasida Ayitjon Xalmaxanov (Toshkent viloyati), Navzod Ahmedov (Buxoro), Behruz Barnoyev (Buxoro), Javohir Xo‘jayev (Buxoro), Asadbek Qo‘chqoraliyev (Andijon), Ibrohim Hakimov (Qashqadaryo), Sardor Yo‘ldoshev (Toshkent), Akobir Ungarov (Toshkent), Amirshoh Vahobov (Buxoro), Amirxon Berdiqulov (Toshkent viloyati)lar bor.
Musobaqa 16 noyabrga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA