Toshkent shahar hokimligida Olmaota shahri vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Poytaxt hokimligida Toshkent shahri hamda Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahri vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida tomonlar yirik shaharlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Jumladan, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha tajriba almashdi. Toshkent va Olmaota o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, muloqot davomida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar shahar hududlarini obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va butalarni parvarishlash, irrigatsiya tizimlaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy va qulay shahar muhitini shakllantirish bo‘yicha amaliy tajribalar yuzasidan fikr almashdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA