“Toshkent qishi” reyting turniri start oldi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent qishi” reyting turniri start oldi.
Kecha musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 200 nafardan ortiq ishtirokchi “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazishni boshladilar.
Yulduz Yo‘ldosheva, Iroda Jumayeva, Muzaffarjon Abdurasulov, Firdavs Abdusamatov, Husan Akramov, Behruz Bozorboyev kabi shaxmatchilar ikkita turni ham g‘alaba bilan yakunladilar.
[gallery-15388]
Reyting turniri g‘olib va sovrindorlari 15 yanvar kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA