“Toshkent kuzi” turniri nihoyasiga yetdi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida bir hafta davom etgan an’anaviy “Toshkent kuzi” reyting turniri nihoyasiga yetdi.
300 nafardan ortiq shaxmat ixlosmandlari “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahs olib bordi. G‘olib va sovrindorlar orasida (“A” guruhi) Umar Isomov, Abdulaziz Qurbonov, Behruz Umarov, Sardorbek Saidov, Mohinur Habibullayeva, Asal Salimova kabi iqtidorli shaxmatchilar bor. Faxriylar o‘rtasida Ibrohimjon Husanov, qizlar o‘rtasida Shohina Ahmedova, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Muhammad Yusuf Muhsinov, 16 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Sadullo Azizov g‘alaba nashidasini surdi.
“B” guruhida Behruz Azizov, Abdulboriy Abduvaliyev, Alisher Abduqayumov, Shirina Sobirova, Husnoraxon Xushnitdinova, Malika Norqulova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Anvarjon Ahmadjonov, Xolida Muhammadiyeva (10 yoshgacha), Akrom Yo‘ldoshev, Mumtozbegim Sobirova (8 yoshgacha)lar tengdoshlaridan mahorat bobida ustun ekanligini namoyon etdi.
Reyting turnirining g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal, pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN(surat), O‘zA