To‘rt davlat taekvondochilari Toshkentda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashmoqda
Ma’lumki, joriy yilning 12-17-aprel kunlari poytaxtimizda taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Shu kunlarda mazkur nufuzli chempionatga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun 4 ta terma jamoa ishtirokidagi xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilmoqda.
Xalqaro mashg‘ulotlarda tarkibida Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarining sovrindorlarini jamlagan O‘zbekiston, Braziliya, Vengriya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Jahon chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi sanalgan mashg‘ulotlarda 79 nafar taekvondochi qatnashmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA