To‘raqo‘rg‘on pillakorlari mavsumni birinchi bo‘lib boshladi
FOTOREPORTAJ
Pillachilikda o‘ziga xos tajriba maktabini shakllantirgan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi pillakorlar har yili nafaqat viloyat, balki respublika miqyosida ham o‘z zimmalaridagi majburiyatni ortig‘i bilan bajarib, ilg‘orlar safida bo‘lib kelmoqda.
Joriy mavsumda tumanda 3823 quti ipak qurti boqilib, 229 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan.
Ayniqsa, bu yil pillakorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir kilogramm pilla uchun 40 ming so‘mdan haq to‘lash, 15 foiz subsidiya ajratish hamda ipak qurt parvarishi uchun xonadonlarni tayyorlashga 20 million so‘mgacha ssuda mablag‘lari taqdim etish kabi imtiyozlar pillakorlar faoliyatiga katta rag‘bat bo‘lmoqda.
[gallery-29246]
Axsi mahallasida yashovchi Dilorom Esonova hamda yana ikki xonadonda yetishtirilgan ipak qurti pillalarini terish ishlari boshlab yuborildi.
Tumanda erta-indin pilla terimi jadal sur’atlarda davom etishi kutilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA