To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlarida tengsiz
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi final bahslari davom etmoqda.
Quvonarlisi, unda terma jamoamiz a’zosi To‘rabek Habibullayev oltin medal uchun o‘tgan bellashuvda Xan Syuechjen (Xitoy) ustidan g‘alaba qozondi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi. Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 17 ta oltin, 21 ta kumush va 20 ta bronza, jami 58 taga yetdi.
Ma’lumot uchun, bugun quyidagi ikki charm qo‘lqop ustamiz Osiyo o‘yinlarining oltin medali uchun jang qiladi.
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Jang Dongvan (Janubiy Koreya) 14:00;
+90 kg: Jahongir Zokirov - Aybek Oralbay (Qozog‘iston) 14:30.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA