Tojikiston: jihozlar bor, mutaxassis yo‘q
Mahsus saqlash omborlarida to‘planib qolgan 500 mingga yaqin ishlatib bo‘lingan energotejovchi lampalarni utilizatsiyasi hal qilinmagani katta muammoga aylandi.
Mahsus saqlash omborlarida to‘planib qolgan 500 mingga yaqin ishlatib bo‘lingan energotejovchi lampalarni utilizatsiyasi hal qilinmagani katta muammoga aylandi.
Tojikiston Atrof-muhitni muhofaza qilish Qo‘mitasining ma’lum qilishicha, atrof-muhit uchun zarar yetkazuvchi bu kabi lampalarning utilizatsiyasi bilan mutaxassislar shug‘ullanishi kerak.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, utilizatsiya uchun xorijdan xarid qilingan qimmatbaho jihozlar Dushanbe va Xo‘jandga o‘rnatilgan, ammo ishga tushirish uchun mutaxassislar yo‘q.
“Uy-joy kommunal xo‘jalik” davlat unitar korxonasi bu kabi mutaxassislar yetishmasligidan o‘z xavotirini bildirdi va ayni damda xodimlarning malakasini oshirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“UJKX” DUK rahbari o‘rinbosari Bahtiyor Safarzodaning aytishicha, ular mamlakat hukumatiga rasmiy maktub yo‘llab xavfli chiqindi bo‘lmish - tarkibida simob bo‘lgan lampalarni qayta ishlash uchun mutaxassislarni qayta o‘qitish masalasini ko‘tarib chiqishgan.
Suhbatdoshning ta’kidlashicha, maktubga javob kutishmoqda va shundan keyingina vaziyatga izoh berish mumkin.
Davlat korxonasidagi boshqa bir manbaning o‘z nomini oshkor qilmaslik sharti bilan aytishicha, kadrlar bilan bog‘liq masala hal qilinganidan so‘ng lampalarni utilizatsiya qilish borasida qadamlar qo‘yiladi. Uning so‘zlariga qaraganda, energotejovchi lampalar ishlatib bo‘linganidan keyin ishlab chiqarish korxonalarining, jumladan lampa ishlab chiqaruvchi korxonaning omboriga yuboriladi.
Ishlatib bo‘lingan lampalarni utilizatsiya qiladigan jihozlar Xo‘jandga Atrof muhitni muhofaza qilish Qo‘mitasi mablag‘lari hisobiga, Dushanbega esa Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki hisobidan olib kelindi. Avvallari amaldorlar bu maqsadlar uchun zamonaviy jihozlar yetishmasligi va investitsiya yo‘qligidan o‘z noroziliklarini bildirishardi, endi esa asosiy muammo sifatida mutaxassislar yetishmovchiligi ko‘rilmoqda.
Shifokor Hakima Ahmadovaning aytishicha, energotejovchi lampalar tarkibidagi simob jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. “Bugungi kunda bu lampalar maishiy chiqindilar omborxonalarida to‘planib qolgan, metallar esa aynamoqda va odamlar sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Bu nevrologik kasallik, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bronxit, astma va hatto onkologiyaga olib keladi”, deydi suhbatdosh.
UJKXning ma’lum qilishicha, 2011 yildan 2019 yilga qadar mamlakatda 474 mingdan ortiq ishlatib bo‘lingan energotejovchi lampochkalar to‘plangan, shahar va tumanlarda simobli ishlatib bo‘lingan lampalarni qabul qilish punktlari bor, va bunga mahalliy rasmiylar mas’uldir.
Qo‘mita mutaxassislarining ogohlantirishlaricha, ishlatib bo‘lingan energotejovchi lampalarni maishiy chiqindixonalarga tashlash qatiyan man qilinadi, buning uchun jarima belgilangan. Tabiatni qo‘riqlash qo‘mitasi vakili Maqsadullo Mardonovning aytishicha, shu yilning olti oyi mobaynida bu kabi harakatlar uchun 100 kishi 28 ming somoni (3100 dollardan oshiqroq) jarimaga tortilgan.
Energotejovchi lampalar Tojikiston bozoriga asosan Rossiya va Xitoydan olib kelinadi.