To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari katta futbol bayrami – AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan barchani qutladi.
–Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34 yil kutdik. Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi.
Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi.
To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim.
Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etaman, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA