Togayeva Xolida Rajabovnaning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Kuzgi bug‘doy hosildorligiga sug‘orish tartibi va urug‘larini bentonit gillari bilan qobiqlash me’yorining ta’siri (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)” mavzusida
Togayeva Xolida Rajabovnaning 06.01.08 – O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Kuzgi bug‘doy hosildorligiga sug‘orish tartibi va urug‘larini bentonit gillari bilan qobiqlash me’yorining ta’siri (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.08/2025.27.12.Qx.07.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 141001, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbed shaharchasi, Amir Temur ko‘chasi, 7-uy.
Telefon: (99866) 492-81-16
e-mail: info@samaguni.uz