Toğ-kon sanoatida işlab çiqarişni kengaytiriş va yangi loyihalarni amalga oşiriş rejalari körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Navoiyuran” korxonasi va “Özbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yildagi ustuvor vazifalari hamda kelgusi rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Bugungi kunda jahonda muhim minerallar va metallarga talab jadal ösib bormoqda. Xususan, anʼanaviy metallarga talab yiliga örtaça 1 foizga ösayotgan bölsa, kritik minerallar bozorida bu körsatkiç 10 foizni taşkil etmoqda. Şunga mos ravişda mamlakatimizda ham mavjud mineral-xomaşyo bazasidan samarali foydalaniş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va eksport salohiyatini oşiriş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda.

Taqdimotda dastlab “Özbekiston texnologik metallar kombinati” faoliyati va uni rivojlantiriş rejalari körib çiqildi.
Kombinatda geologiya-qidiruvdan tortib, qazib oliş, boyitiş, çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan töliq texnologik zanjirni şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar 12 ta investitsiya loyihasini işga tuşiriş, mahalliylaştirilgan mahsulotlar turini köpaytiriş, yuqori soflikdagi selen va tellur işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilgan.
Davlatimiz rahbari muhim minerallar böyiça istiqbolli loyihalarni tezlaştirib, mavjud 5 turdagi mahsulotga (volfram, molibden, selen, tellur, reniy) qöşimça ravişda yana 11 turdagi mahsulot (nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganets, platina, vanadiy, simob va mis) işlab çiqarişni özlaştiriş vazifasini qöydi. Şuningdek, sohaga ilm-fan yutuqlarini keng jalb etib, qöşimça mineral zaxiralarni aniqlaş muhimligi taʼkidlandi.

Rejaga köra, 2030-yilgaça 16 turdagi muhim metallar böyiça işlab çiqariş hajmini 2,7 milliard dollardan oşiriş közda tutilmoqda.
Ayniqsa, volframni çuqur qayta işlaş böyiça yirik loyihalar işlab çiqilgan. Ularni amalga oşiriş uçun 1,1 milliard dollar investitsiya jalb qiliş, 2030-yilga borib, uşbu yönalişda işlab çiqariş hajmini qariyb 2,2 milliard dollarga yetkaziş möljallangan.
Şuningdek, noyob va kamyob yer elementlariga boy istiqbolli maydonlarni özlaştiriş, kombinatning resurs bazasini kengaytiriş va investitsiya loyihalarini jadallaştiriş yuzasidan takliflar körib çiqildi.
Taqdimotda “Navoiyuran” korxonasining joriy yildagi faoliyati va işlab çiqarişni rivojlantiriş rejalari ham muhokama qilindi.
Sönggi yillarda jahon bozorida uran xomaşyosiga talab 15-20 foizga oşgan. 2030-yilgaça esa yana 28 foizga ösişi kutilmoqda.
Bunday şaroitda mamlakatimizda uran qazib oliş hajmini köpaytiriş, yangi konlarni özlaştiriş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va uran sanoatini zarur resurslar bilan barqaror taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu maqsadda joriy yilda geologiya-qidiruv va texnologik burğilaş işlarini kengaytiriş, işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş, qöşimça sorbsiya qurilmalarini işga tuşiriş hamda 250 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan.
Korxonaning işlab çiqariş hajmlarini oşirişda zarur kimyoviy reagentlar taʼminoti muhim örin tutadi. Şu bois, mahalliy sanoat korxonalari örtasidagi kooperatsiyani kuçaytiriş, texnik oltingugurt, sulfat va nitrat kislotasini yetkazib beriş hajmlarini köpaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan axborot berildi.
Prezidentimiz işlab çiqarişda muqobil texnologiyalardan foydalanişni kengaytiriş, 2030-yilgaça sulfat kislotasi örnini bosuvçi reagentlar uluşini 40 foizga yetkaziş zarurligini qayd etdi.
Umuman, uşbu çora-tadbirlar va yangi işlab çiqariş quvvatlari hisobiga 2030-yilgaça uran işlab çiqariş hajmini joriy yildagi 7,5 ming tonnadan 15 ming tonnaga, aniqlangan zaxiralar hajmini esa 200 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilmoqda.
Taqdimot yakunida mutasaddilarga investitsiya loyihalarini öz vaqtida amalga oşiriş, korxonalarning mineral-xomaşyo bazasini mustahkamlaş, yangi texnologik quvvatlarni işga tuşiriş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va eksport hajmini oşiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.