Toğ-kon sanoati: Natijalar tahlili, yangi vazifalar
Toğ-kon sanoati va geologiya mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bölib, uning barqaror rivojlanişi mineral-xomaşyo bazasini kengaytiriş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş bilan bevosita boğliq.
Şu nuqtai nazardan, sohada erişilgan natijalarni sarhisob qiliş, mavjud muammolarni muhokama etiş va istiqboldagi vazifalarni belgilaş maqsadida Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan yiğilişi ötkazildi.
Toğ-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomov rahbarligida ötkazilgan tadbirda markaziy apparat tarkibiy bölinmalari va tizim taşkilotlari rahbarlari qatnaşdi.
Qayd etilganidek, sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş, geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, resurslardan samarali foydalaniş hamda tarmoq korxonalari faoliyatini takomillaştiriş muhim hisoblanadi.

Şundan söng vazir örinbosari Ural Yusupov 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida toğ-kon sanoati va geologiya yönalişlarida bajarilgan işlar, şuningdek, tizim taşkilotlarining iqtisodiy va moliyaviy-xöjalik faoliyati natijalari yuzasidan axborot berdi. Hisobotda erişilgan körsatkiçlar bilan birga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş böyiça takliflarga ham eʼtibor qaratildi.
Muhokamalar davomida tizim taşkilotlari rahbarlarining hisobotlari ham eşitildi.
Yiğiliş yakunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, boşqaruvda intizom va masʼuliyatni kuçaytiriş, şuningdek, raqamlaştiriş işlarini nazorat qiliş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.
N.Ziyodullayeva,
ÖzA