Tinçlik, millatlararo döstlik va bağrikenglik – Özbekistonning bebaho boyligi
Millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglik, özaro hurmat va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş borasida mamlakatimizda ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Zero, tinçlik bor joyda bunyodkorlik, döstlik bor joyda hamkorlik, bağrikenglik hukm surgan jamiyatda esa taraqqiyot uçun mustahkam zamin yaratiladi.
Özbekiston qadimdan turli xalqlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar tutaşgan hudud sifatida tanilgan. Buyuk Ipak yöli çorrahasida joylaşgan yurtimizning qadim şaharlari savdo-sotiq bilan birga, ilm-fan, hunarmandçilik, adabiyot va sanʼat markazlari sifatida ham taraqqiy etgan. Turli xalqlar örtasidagi muloqot milliy madaniyatimizni boyitgan.
Bugun ham mamlakatimizda turli millat va elat vakillari hamda diniy konfessiyalar ahil-inoq yaşab kelmoqda. Millati, tili va eʼtiqoddagi farqlarga qaramay, Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat va umumiy kelajak uçun masʼuliyat şu aziz zaminda yaşayotgan barça millatlarni birlaştirmoqda.
Globallaşuv davrida diniy va milliy ziddiyatlar, qurolli mojarolar hamda majburiy köçişlar insonlar hayotiga xavf tuğdirayotgan bir şaroitda tinçlikni asraş va özaro muloqotni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekistonning tinçlikparvarlik, yaxşi qöşniçilik va özaro manfaatli hamkorlikka asoslangan siyosati azaliy qadriyatlarni amalda namoyon etmoqda. Ayniqsa, yoşlarda bağrikenglik, murosaga keliş, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş va turli madaniyatlarni anglaş könikmalarini şakllantiriş muhim vazifalardan biridir.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanişi, investitsiyaviy jozibadorligi, ilm-fan va taʼlim taraqqiyoti, yangi iş örinlarining yaratilişi, avvalo, tinçlik va barqarorlikka boğliq. Osoyişta yurtda tadbirkorlik rivojlanadi, yangi loyihalar amalga oşiriladi, olimlar ilmiy izlanişlar olib boradi, yoşlar esa öz salohiyatini röyobga çiqariş imkoniga ega böladi.
Ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ahil qöşniçilik, strategik şeriklik va döstlik aloqalarini rivojlantiriş Özbekistonning oçiq va tinçlikparvar siyosatida muhim örin tutadi. Davlatlar örtasidagi işonç esa iqtisodiy, ilmiy, madaniy va taʼlimiy almaşinuv uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Özbekistonning xalqaro diplomatiyadagi örnini mustahkamlaş, iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş va yangi hamkorlik yönalişlarini oçiş tinçlik va döstlik ğoyalarini hayotga tatbiq etişga xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda taʼlim, ilm-fan, madaniyat, turizm va yoşlar yönalişlaridagi hamkorlik, özaro tajriba almaşinuvi muhim ahamiyatga ega. Xorijiy talabalar va olimlar uçun oçiq taʼlim muhiti, qöşma ilmiy loyihalar va akademik almaşinuvlar Özbekistonning döstlik va hamkorlik yölida qatʼiy borayotgan, oçiq mamlakat sifatidagi qiyofasini namoyon etadi.
Oliy taʼlim muassasalari turli fikrlar va madaniyatlar uçraşadigan, ilmiy muloqot va xalqaro hamkorlik rivojlanadigan maskandir. Şu bois ham, Andijon davlat texnika institutida xalqaro hamkorlikni taʼlim sifati, ilmiy tadqiqotlar va işlab çiqariş bilan uyğunlaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Institutda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va madaniyatlararo muloqotni rivojlantiriş orqali malakali muhandislar tayyorlaş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan qator loyihalar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, talaba yoşlarni soxta axborot va murosasizlikka qarşi tanqidiy fikrlaş ruhida tarbiyalaş, taʼlim muhitida har bir insonning şaʼni, qadr-qimmati va huquqlariga hurmatni taʼminlaş böyiça ham zarur işlar olib borilmoqda.
Özbekistonning tinçlik va döstlik diyori sifatidagi xalqaro nufuzini yuksaltiriş davlat idoralari, taʼlim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, mahallalar va har bir fuqaroning umumiy vazifasidir.
Bu boradagi işlar samaradorligi jamiyatda özaro hurmatning mustahkamlanişi, taʼlim va mehnat muhitida kamsitişning oldini oliş, yoşlarning xalqaro loyihalardagi iştiroki hamda xalqaro ilmiy va madaniy aloqalarning kengayişi orqali namoyon böladi.
Özbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltiriş, avvalo, mamlakatimizda tinçlik, totuvlik va inson qadrini uluğlaşdan boşlanadi. Şu bois, tinçlikni asraş, döstlikni qadrlaş va bağrikenglikni kundalik hayot tamoyiliga aylantiriş har birimizning fuqarolik burçimizdir.
Suxrob Aliyev,
Andijon davlat texnika institutining
öquv işlari böyiça prorektori.
ÖzA