Tibbiyot xodimlari sharaflandi
Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “NKMK jamg‘armasi” davlat muassacasiga qarashli tibbiyot muassasalari vakillari, soha jonkuyarlari ishtirok etdi.
Tadbirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov sharafli kasb egalari mehnatini yuksak e’tirof etib, bayram bilan tabrikladi.
[gallery-9545]
An’naga ko‘ra, bir guruh soha ilg‘orlari, fidoyi shifokor va hamshiralar mehnati munosib taqdirlandi. Jumladan, 1 nafar shifokorga “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni, 21 nafar soha xodimiga “NKMK faxriysi” unvoni va 3-darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, 2 nafar soha fidoyisiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faxriy yorlig‘i topshirildi.
“Farhod” madaniyat saroyi badiiy jamoalari va ijrochilari tomonidan tuhfa etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA