Tibbiyot: kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy ko‘rsatmalar belgilandi
Adliya vazirligi Tug‘uruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish uchun tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi
Shu yilning 28-sentabrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mazkur hujjatga ko‘ra, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tug‘uruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy ko‘rsatmalar qo‘llaniladi.
Kesarcha kesish amaliyoti uchun 31 ta tibbiy ko‘rsatmalar mavjud.
Kesarcha kesish amaliyoti shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan, rejalashtirilgan va rejali guruhlar bo‘yicha tasniflanadi.
Tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, homilador ayol kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazishni tanlash huquqiga ega.
Kesarcha kesish amaliyotida homilador ayol salbiy oqibatlar haqida xabardor qilinadi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.
O‘zA