Texnika — fermerning qo‘l-qanoti
Fotoreportaj
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Usta Ibrohim” fermer xo‘jaligi 1999 yili tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 185 gektar ekin maydonida paxta, g‘alla, soya, kunjut va meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi.
Ayni paytda xo‘jalikdagi g‘alla maydonlarida hosil pishib yetilayotgan bo‘lsa, paxta maydonlari begona o‘tlardan tozalanib, kultivatsiya qilindi va oziqlantirildi.
[gallery-7511]
— Texnika dehqonning qo‘l-qanoti ekanligini anglagan holda 2015 yili lizing asosida bir nechta traktorlar xarid qildik, - deydi fermer xo‘jaligi rahbari Musa Bobojonov. - Keyingi 5-6 yilda ekish va hosilni yig‘ishga mo‘ljallangan deyarli barcha texnika-agregatlarni fermer xo‘jaligimizda jam qildik.
Joriy mavsumda g‘alladan 250 tonna hosil olishni rejalashtirgan fermerning dala uyi yonida 1 gektar maydonda tokzor ham yaratilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA