Test sinovlari shaffof oʻtmoqda
2019/2020 oʻquv yili uchun yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan qoraqalpogʻistonlikabituriyentlar ham belgilan tartibda test sinovlarini topshirmoqda.
2019/2020 oʻquv yili uchun yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan qoraqalpogʻistonlikabituriyentlar ham belgilan tartibda test sinovlarini topshirmoqda.
Jumladan, Nukus ixtisoslashtirilgan Olimpiya rezervlari maktab-internati hamda Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabidagi katta sigʻimli binolarda imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.
– Bu maskanlarda bir kunda ikki smenada jami 3480 nafar abituriyent test topshirishi mumkin, – deydi Davlat test markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Muzaffar Abdullayev. – Binolarda abituriyentlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, konditsionerlar oʻrnatilgan. Test topshirish jarayoni maxsus kameralar orqali kuzatilmoqda. Shuningdek, abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari imtihon oʻtayotgan binolar yaqinidagi maxsus ajratilgan joylarda katta monitorlarda bu jarayonni bevosita kuzatish imkoniyatiga ega.