Termizda muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
FOTOREPORTAJ
Prezidentimiz topshirig‘iga binoan har bir hududda zamonaviy muhandislik maktablarini tashkil etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida Termiz shahridagi 9-maktab qoshida ilk muhandislik maktabi ish boshladi.
Ushbu manzil o‘quvchilarni muhandislik va texnologiya yo‘nalishidagi qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, kelajakda ilm-fan va texnika sohalariga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
– Markazimizni tashkil etishda 800 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi, - deydi robototexnika o‘qituvchisi A’zamjon Xolmatov. – Bu yerda o‘quvchilar elektronika va modellashtirishni o‘rganadi. Navbatma-navbat dasturlashdan ham saboq oladi.
[gallery-25253]
Termiz shahrida tajriba asosida tashkil etilgan mazkur maktab kelgusida viloyatning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu esa ta’lim tizimida yangi bosqichni boshlab beradi va kelajagi buyuk yosh muhandislarning shakllanishiga xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA