Tennischilarimizning muvaffaqiyati
Qozog‘ictonda o‘tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi “Shymkent open – 2015” turnirida tennischilarimiz g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.
Qozog‘ictonda o‘tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi “Shymkent open – 2015” turnirida tennischilarimiz g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.Turnirning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida hamyurtimiz Arina Fols belaruslik Viktoriya Munga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda yosh tennischimiz raqibiga nisbatan tezkor o‘yin namoyish etdi va 6:3, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Arina chorak finalda mezbonlar vakili Kamila Kerimbayeva bilan bahslashadi.
Musobaqaning juftliklar o‘rtasidagi bahsida hamyurtlarimiz Albina Xabibulina va Polina Merenkova qozog‘istonlik Danel Ashirova va tennischimiz Aleksandra Staxanovani 6:1, 6:4 hisobida yengib, yarim finalga chiqdi. A.Xabibulina va P.Merenkova final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Kamila Kerimbayeva hamda rossiyalik Margarita Lazareva bilan kuch sinashadi.
“Shymkent open – 2015” turnirining “Fyuchers” musobaqasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Fayziyev va Jo‘rabek Karimov yakkaliklar o‘rtasida chorak finalga, juftliklar bahsida yarim finalga chiqdi.
Ikkinchi davrada S.Fayziyev gollandiyalik Mus Sporkenni, J.Karimov belaruslik Yaroslav Shilyani mag‘lub qildi. Chorak finalda S.Fayziyev gruziyalik Aleksandr Metremeli bilan kuch sinashsa, J.Karimov rossiyalik Markus Kalovelonis bilan bahslashadi.
Juftlik bahslarda S.Fayziyev va J.Karimov gollandiyalik Roy Sarut de Valk va Pol Monteban ustidan zafar quchdi. Tennischilarimiz yarim finalda rossiyalik Markus Kalovelonis va bolgariyalik Aleksandr Lazov bilan bellashadi.