Tennischilarimiz muvaffaqiyatlari
Tailand va Qatarda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirlarda Saida’lo Saidkarimov, Kamola Umarova va Arina Fols kabi sportchilarimiz yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Tailand va Qatarda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirlarda Saida’lo Saidkarimov, Kamola Umarova va Arina Fols kabi sportchilarimiz yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli qatnashmoqda.Qatardagi nufuzli musobaqada S.Saidkarimov birinchi davrada norvegiyalik Tomas Lingeni 6:0, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasi yo‘lida avstriyalik Sebastiyan Ofner bilan bahslashadigan bo‘ldi.
Saida’lo musobaqaning juftlik bahslarida mezbon tennischi Jabbor Muhammad Ali Mutava bilan kanadalik Anass Lamrani va kolumbiyalik Xuan David Ramiresni 6:2, 6:1 hisobida yengdi. Endi ular chorak finalda Avstriya vakillari Lenniy Xampel va Sebastiyan Ofnerga qarshi kortga chiqadi.
Tailandda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda Kamola Umarova yakkalik bahslarining ilk uchrashuvida Janubiy koreyalik Jin Ju Lini mag‘lub qilgan bo‘lsa, Arina Fols yaponiyalik Nagi Xanatani bilan bo‘lgan bahsda g‘alaba qozondi.
Ikkinchi davrada Kamola serbiyalik Nataliya Kostichga, Arina esa kambodjalik Andrea Kaga qarshi kortga chiqadi.