Tennischilarimiz ikkinchi davrada
Poytaxtimizda davom etayotgan Professional tennischilar uyushmasi (ATR) turkumiga kiruvchi “Tashkent Challenger – 2015” an’anaviy xalqaro turniri qizg‘in bahslarga boy o‘tmoqda.
Poytaxtimizda davom etayotgan Professional tennischilar uyushmasi (ATR) turkumiga kiruvchi “Tashkent Challenger – 2015” an’anaviy xalqaro turniri qizg‘in bahslarga boy o‘tmoqda.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yakkalik bahslarining birinchi davrasida isroillik Vladimir Ignatikni 7:6, 6:4 hisobida yengdi. Umidli tennischimiz Sanjar Fayziyev estoniyalik Vladimir Ivanovni 6:4, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ikkinchi davrada Denis Istomin germaniyalik Maksimilian Marterer, Farrux Do‘stov rossiyalik Konstantin Kravchuk, Sanjar Fayziyev chexiyalik Yan Satral bilan bahslashadi.
– O‘zbekistonda tennis jadal rivojlanayotgan sport turlaridan, – deydi slovakiyalik tennischi Lukash Latsko. – Yurtingiz raketka ustalarining mahoratidan dunyo tennischilari yaxshi xabardor. Mazkur turnir ham yuqori saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘ldik. O‘zbekiston ko‘rkam shaharlari, mehmondo‘st xalqi, sportga yuksak e’tibori bilan ko‘nglimizdan joy olgan.