Tennischilarimiz g‘alabalari
Namanganda tennis bo‘yicha davom etayotgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Namanganda tennis bo‘yicha davom etayotgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Nigina Abduraimova yakkalik bahslari chorak finalida rossiyalik Anna Morganni 6:1, 7:5 hisobida yenggan bo‘lsa, yana bir tennischimiz Sabina Sharipova bolgariyalik Yuliya Terziskayani 7:6, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Turnirning yarim finalida N.Abduraimova ukrainalik Nadiya Kichinok bilan kuch sinashadi. S.Sharipova esa rossiyalik Anastasiya Komardinaga qarshi kortga chiqadi.
“Fyuchers” musobaqasida tennischimiz Temur Ismoilov yakkaliklar o‘rtasidagi chorak final bahsida serbiyalik Nikola Milojevichga qarshi kortga chiqdi. Hamyurtimiz dastlabki setda raqibiga 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, ikkinchi setda 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Serbiyalik tennischi o‘yinni davom ettirmadi va T.Ismoilov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi u yana bir serbiyalik sportchi Marko Tepavach bilan bahslashadi.
Juftliklar o‘rtasidagi bahsning yarim finalida Jo‘rabek Karimov va Sanjar Fayziyev qozog‘istonlik Timur Xabibulin va o‘zbekistonlik Pavel Soyni 7:5, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Jo‘rabek va Sanjar finalda JAR vakillari – Dean O'Briyen va Ruan Royelofse bilan bahslashadi.