Tennischilarimiz bosh sovrin sohibi
Qozog‘istonda xotin-qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Qozog‘istonda xotin-qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi turnir yakunlandi.Musobaqaning juftliklar o‘rtasidagi bahslarida ishtirok etgan yosh tennischilarimiz Albina Xabibulina va Polina Merenkova yuksak saviyadagi o‘yin namoyish etib, xalqaro turnir g‘olibiga aylandi.
Hamyurtlarimiz dastlab qozog‘istonlik Go‘zal Aynitdinova va rossiyalik Alina Zolotarevani, chorak finalda ukrainalik Katya Malikova va rossiyalik Aleksandra Pospelovani, yarim finalda belaruslik tennischilar Viktoriya Mun va Vera Sakalouskaya juftligini yengib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz Vlada Yekshibarova va rossiyalik Darya Lodikova birinchi davrada yosh tennischilarimiz Alina Gazizova hamda Amina Muxametshinani, qozog‘istonlik Kamila Kerimbayeva va rossiyalik Lyubov Vasilevani, rossiyalik Irina Lidkovskaya va belaruslik Polina Pexovani mag‘lubiyatga uchratdi.
Final uchrashuvida Albina Xabibulina va Polina Merenkova musobaqaning eng kuchli juftligi deya e’tirof etilgan Vlada Yekshibarova va Darya Lodikovaga qarshi kortga chiqdi. Yosh tennischilarimiz kuchli o‘yin namoyish etib, tajribali raqibalarini 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.