Tennis: 42 yil muqaddamgi tarix takrorlanmoqda
Bugun, 27 yanvar kuni tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Unda dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi avstraliyalik Yeshli Barti AQSH vakili Medison Keyzni 6:1, 6:3 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
E’tiborlisi, 1980 yildan beri mahalliy tennischilar orasida Avstraliya ochiq chempionatida finalgacha hech bir tennischi yetib kela olmagandi.
Bundan 42 yil muqaddam mahalliy sportchi qizlardan Vendi Ternbull Australian Open turnirining final yo‘llanmasiga ega chiqib, o‘shanda chexoslovakiyalik Gana Mandlikovaga 0:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
42 yil muqaddamgi tarixni takrorlagan Yeshli Barti “katta dubulg‘a” turnirining finalida amerikalik Daniyel Kollinz bilan kuch sinashadi. Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi yakkalik final o‘yini 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Amerikalik Daniyel Kollinz final yo‘lida polshalik Igi Svyontekni 6:4, 6:1 hisobida dog‘da qoldirgan hoda finalga chiqdi. Ularning o‘yin vaqti 1 soatu 18 daqiqa davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilgi Australian Open turnirida yaponiyalik Naomi Osaka amerikalik Jennifer Bredini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etib, ayollar o‘rtasidagi bosh sovrinni qo‘lgan kiritgandi.
Avstraliya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarining yarim final o‘yinlarida rossiyalik Danil Medvedev gretsiyalik Stefanos Sitsipas bilan, jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafayel Nadal esa italiyalik Matteo Berrettini bilan to‘qnash keladi.
Har ikkala yarim final o‘yinlari ertaga, 28 yanvar kuni tashkil etiladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA