Teatrning yangi mavsumi «Laylaklar nolasi» bilan boshlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati musiqali drama teatrining 95-mavsumi tantanali tarzda ochildi.
Marosim avvalida teatrning qariyb bir asrlik tarixi, bosib o‘tgan ijodiy yo‘li, bugungi faoliyati va erishgan natijalari haqida hikoya qiluvchi videorolik namoyish etildi.
Tadbirda teatr san’atini rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Namangan viloyati musiqali drama teatri ko‘p yillardan buyon milliy san’at va madaniyatimizni targ‘ib etib, tomoshabinlarga sara sahna asarlarini taqdim etib kelayotgani ta’kidlandi.
[gallery-30816]
Tantanali marosimda faxriy mehmon sifatida Xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi, davlat va jamoat, madaniyat arbobi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a’zosi Sulton Rayev ishtirok etdi. U ikki qardosh xalq o‘rtasidagi madaniy va ijodiy hamkorlikning bugungi rivoji haqida fikr bildirdi.
Ayni shu hamkorlik samarasi sifatida Sulton Rayev qalamiga mansub «Laylaklar nolasi» spektakli teatr sahnasida namoyish etildi.
Yangi mavsumning ilk spektakli tomoshabinlarga taqdim etilgan «Laylaklar nolasi» sahna asari bilan tantanali davom etdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA