Teatr nega ikkiga bölingan edi?
Öz davrida "Hamza" teatri nomi bilan faoliyat yuritgan teatr ijodiy jamoasining eng yetakçi sanʼatkorlardan iborat katta guruhi boşqa teatr tarkibida iş boşlaydi. Bu nafaqat uşbu teatr, balki milliy teatr sanʼatimiz rivojiga ham jiddiy taʼsir körsatgan edi. Ötgan asrning 80-yillari örtalarida yuz bergan bu hodisalar teatr sanʼatini qadrlaydigan har bir inson qalbini larzaga solgani şubhasiz. Taniqli sanʼatkor, rejissyor, Özbekiston xalq artisti Dilorom Karimova qalamiga mansub «Rejissyor» kitobining ahamiyati şundaki, unda şörolar davri parçalanişi arafasida yurtimiz teatr sanʼatining eng yetakçi maskanlaridan birida keçgan murakkab jarayonlar atrofliça tahlil etilgan.
Aytiş joizki, «Rejissyor» aktrisa Dilorom Karimovaning xotiralarga asoslangan memuar asari bölib, unda özbek teatri tarixining eng oğriqli sahifalari hayotiy voqealar va şaxsiy keçinmalar orqali yoritiladi. Asarda taniqli rejissyor Toşxöja Xöjayevning hayoti va ijodiy faoliyati, turli fitnalar oqibatida teatrdan uzoqlaşişi, boşiga tuşgan oğir maʼnaviy zarbalar, bir paytlar özi taʼlim berib, kamolga yetkazgan şogirdlari tomonidan unutilişi taʼsirçan xotiralar orqali aks ettirilgan.

Kitobdan örin olgan «Teatr» essesi esa «Rejissyor» asarining mantiqiy davomi sifatida alohida ahamiyatga ega. Unda Toşxöja Xöjayev teatrdan ketganidan söng ijodiy jamoada yuz bergan köngilsiz voqealar, bir vaqtlar Hamza nomidagi teatr deb atalgan maşhur ijodiy dargohning ikkiga bölinib ketişi va bu jarayonning oqibatlari batafsil bayon etilgan.
Poytaxtimizdagi «Renessans» kino majmuasida bölib ötgan taqdimot marosimida Dilorom Karimovaning «Rejissyor» kitobi, uning mazmun-mohiyati va milliy teatr sanʼati tarixini örganişdagi ahamiyati haqida atrofliça söz yuritildi.

Taqdimotda Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinçi örinbosari Jahongir Ahmedov, filologiya fanlari doktori, adabiyotşunos olim Suvon Meli, Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam, adabiyotşunos olim Şuhrat Rizayev, teatrşunos olim Omonulla Rizayev, yoş adib Javlon Jovliyev va boşqalar sözga çiqib, yangi asarning badiiy va maʼrifiy ahamiyati, uning teatr sanʼatini çuqurroq anglaş va örganişdagi örni xususida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

— Bu kitobni Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida talabalarga darslik sifatida öqitiş kerak, — dedi adabiyotşunos olim Suvon Meli. — Toki yoşlarimiz teatr sanʼatining qadr-qimmatini, uning ortida turgan ulkan mehnat va fidoyilikni çuqur anglab yetsinlar.
— Vaqt ötib boryapti, vaqt ketyapti, — dedi adabiyotşunos olim Şuhrat Rizayev. — Dilorom opa öz kitobida ikki rejissyor bilan boğliq davr haqida söz yuritgan. Bu davrlar orasida göyo muayyan böşliq bordek. Ana şu vaqt mobaynida köp narsalarga parda tortilgan, köplab haqiqatlar yaşirin qolgan. Bugun esa öşa pardalar birin-ketin oçilmoqda, yaşirin qolgan voqealar oydinlaşmoqda. Agar ötmiş unutilmaganida, öşa rejissyorlarning hayoti va ijodidan olingan saboqlar saqlab qolinganida, bugun sanʼatimizda, ehtimol boşqaçaroq fikrlar, boşqaçaroq intilişlar va harakatlar şakllangan bölar edi. Afsuski, ana şu oraliqdagi muayyan böşliq öz asoratlarini qoldirdi.

Dilorom opaning kitobi ana şu böşliqni töldiriş, millat sanʼati tarixidagi muhim va oğriqli sahifalarni qayta tiklaş yölidagi ahamiyatli qadam. Bu asar nafaqat teatr va sanʼat ahli, balki butun ziyolilar qatlami uçun ham maʼnaviy saboq böla oladi. Kitobning har bir sahifasidan ijodkorning yuragidan, qalbidan sizib çiqqan alamli ohlar, dard va iztiroblar sezilib turadi. Unda muayyan davrlarda yöl qöyilgan sustkaşliklar, çekinişlar, aytilmay qolgan gaplar, hatto muallifning özi ham ayrim vaziyatlarda sukut saqlaşga majbur bölgan holatlar haqida söz boradi.
Asarda Toşxöja Xöjayev, Bahodir Yöldoşev kabi ustoz ijodkorlarning ijodiy laboratoriyasi, iş uslubi, özbek teatr sanʼatini rivojlantiriş, uni yuksaltiriş borasidagi mehnatlari, sahnaga, sanʼatga bölgan çeksiz mehr-muhabbati hayotiy voqealar yordamida juda taʼsirli ifodalangan.
Muallifning öziga nisbatan nihoyatda talabçanligi, öz xatolarini ham yaşirmasdan tahlil etişi, fikrlaridagi keskinlik va qatʼiyat kitobning taʼsir kuçini yanada oşirgan. Şu jihatlari bilan asar nafaqat öqişli, balki har bir öquvçini muşohadaga çorlaydigan, kelajak avlod uçun muhim maʼnaviy manbaga aylangan. Ayniqsa, sanʼat sohasida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoşlarning stoli ustida turişi, ular qayta-qayta murojaat qilib, saboq oladigan kitoblardan biri bölişi kerak.
Dilorom Karimovaning «Rejissyor» kitobi katta qiziqiş va hayajon bilan, baʼzan hayrat, baʼzan taassuf va qalb iztiroblari bilan mutolaa qilinadi. Eng muhimi, asarda ilgari surilgan qimmatli fikrlar öquvçini teatr sanʼatiga yanada teranroq nazar taşlaşga, sahna ortida keçgan öta murakkab, bahsli va ziddiyatlarga, kuraşlarga töla jarayonlarga ziyrak köz bilan qaraşga undaydi. Çinakam sahna asarlari qanday maşaqqatlar evaziga yaratilişi, özini, borliği va butun umrini teatr sanʼatiga bağişlagan uluğ darğalarning fidoyiligi, zahmatli mehnati haqida çuqur muşohada yuritişga çorlaydi.
Zero, teatr tarixini anglaş bu faqat sahnadagi yutuqlarni emas, balki uning ortida qolgan saboqlar, taqdirlar va fojialarni ham unutmaslik demak.
Nazokat Usmonova,
ÖzA muxbiri