Tbilisida norozilik mitinglari ikki kun davom etdi
7-8 mart kunlari Tbilisida “Xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi. Vaziyat parlament loyihani birinchi o‘qishda qabul qilganidan keyin boshlanib ketdi, deb xabar qildi “TASS” agentligi.
Aksiya ishtirokchilari parlament binosi oldida to‘planib, deputatlarning yo‘lini to‘sishga urinishdi.
Namoyishchilar politsiyaga qarshi qo‘lbola portlatuvchi moddalarni uloqtirishdi. Oqibatda politsiya xodimlari olomonga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagan.
Ikki tomondan ham yaralanganlar bor.
Aksiyaning birinchi kuni qatnashchilaridan 77 kishi qo‘lga olingan.
Shuningdek, namoyishchilar Gruziyaning 7 martda parlament tasdiqlagan yangi ombudsman Levana Ioselaianiga tuxum uloqtirdilar.
8 mart oqshomida boshlangan norozilik qatnashchilarini 9 mart tongda politsiya tarqatib yuborishga erishdi.
Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili AQSHdagi ishchi tashrifi davomidagi barcha uchrashuvlarni bekor qilgan, namoyishchilarning “Xorijiy agentlar” qonun loyihasiga qarshi aksiyani qo‘llab-quvvatlagan.
O‘zA