Tashkilotlarda komplayens nazorat o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi (+video)
Davlatimiz rahbarining navbatdagi Murojaatnomasi kelgusidagi strategik yo‘limizning mazmun-mohiyatini, asosiy yo‘nalishlarini belgilab bergan muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi. Unda mamlakat ravnaqi, adolat va inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim yo‘nalishlardagi vazifalar o‘z aksini topdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dildora Kamolova Murojaatnomada aks etgan 6 ta ustuvor yo‘nalishning mazmuni va ahamiyati haqida o‘z munosabatini bildirdi.
Deputat qayd etganidek, Murojaatnomada birgina adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashni yanada takomillashtirish yo‘nalishidagi vazifalar mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, huquqiy hayotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/g8D9GEE35aU" title="Tashkilotlarda komplaens nazorat o`rinbosari lavozimi joriy etiladi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA