“Tashabbuslar marafoni” tadbirlari o‘tkazilmoqda
Shu kunlarda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Marafon doirasida yoshlar ishtirokida suv resurslarini asrash va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan interaktiv pavilon faoliyati ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar qiziqarli viktorinalar, chellenjlar, ilmiy faktlar va amaliy tajribalar orqali suvning hayotimizdagi ahamiyati haqida yangi bilimlarga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, foto zonalar va kreativ kontent maydonlari yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
Tadbir maydonida yoshlar suvning qadri va uni asrashning ahamiyatini interaktiv mashg‘ulotlar, qiziqarli savol-javoblar hamda amaliy tajribalar orqali o‘rganib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Eng faol va bilimdon ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandi.

G.Boboyeva, O‘zA