Tarixiy rekord: Özbekiston paxtaçiligida ilk bor 5 million tonnadan ortiq hosil (+video)
Özbekiston paxtaçiligida tarixiy rekord qayd etildi. Mamlakatda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Albatta, bu natija ortida keng qamrovli islohotlar yotibdi.
Bu yuksak körsatkiç nafaqat qişloq xöjaligidagi ulkan yutuq, balki sönggi yillarda sohada amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, ilm-fan va innovatsiyalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etişning yorqin samarasidir. Albatta, bu ulkan yutuqlar zamirida qilingan samarali va maşaqqatli mehnat barçaga qiziq.
OAV uçun kontent tayyorlaş markazida ötkazilgan matbuot anjumanida Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov uşbu natija yölidagi ilmiy izlanişlar, seleksiya va uruğçilik, xorijiy tajribani mahalliy şaroitga moslaştiriş hamda fermerlarning mehnatini rağbatlantirişga qaratilgan izçil islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Anjumanda, şuningdek, sohaga aloqador vazirlik va tizim taşkilotlari masʼullari, OAV vakillari iştirok etdi.
– Seleksiya, genetika, biotexnologiya va molekulyar biologiya yönalişlaridagi tadqiqotlar natijalari amaliyotga keng tatbiq etilmoqda, – deydi vazir I.Abdurahmonov. – Mahalliy tuproq-iqlim şaroitlariga mos, serhosil, kasallik va taşqi taʼsirlarga çidamli navlarni yaratiş va işlab çiqarişga joriy etişga alohida eʼtibor qaratildi. Bu jarayonda xorijiy ilmiy markazlar va mutaxassislar bilan hamkorlik, jahon tajribasini örganiş ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, AQŞ va Xitoy tajribasi asosida ilğor seleksiya yutuqlari, uruğçilik va yetiştiriş texnologiyalari mahalliy şaroitga moslaştirildi.
Paxtaçilikda epigenetika, molekulyar markerlar va biotexnologik usullardan foydalaniş ham istiqbolli yönalişlardan biriga aylandi. Bu esa navlarning genetik imkoniyatlarini yanada çuqur örganiş, hosildorlikni oşiriş va iqlim özgarişi şaroitida barqaror işlab çiqarişni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Erişilgan natijalarda ilğor agrotexnologiyalarning örni katta. Xususan, ekiş sxemalarini takomillaştiriş, tuproq va iqlim şaroitiga mos agrotexnik tadbirlarni belgilaş, ösimlikning rivojlaniş bosqiçlariga qarab parvarişlaş, oziqlantiriş va suvdan oqilona foydalaniş böyiça yangi yondaşuvlar joriy etilmoqda.
Xitoy tajribasi asosida 76 sxemada qöş qatorlab ekiş, plyonkadan foydalaniş, tomçilatib suğoriş kabi texnologiyalarni qöllaş ham ayrim hududlarda hosildorlikni karrasiga oşiriş va resurs sarfini kamaytirişga xizmat qildi.
Joriy yilgi hosilni yiğib oliş jarayonida zamonaviy texnika va mexanizatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanildi. 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta teriş maşinasi yordamida hosilning 85 foizi 30–35 kun içida yiğib olindi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalaşgan terim darajasi 100 foizga yetdi.
Paxtaçilikda fermerlar manfaatdorligini oşiriş ham islohotlarning muhim yönalişidir. Yetiştirilgan hosilning iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalaniş imkoniyatlari va mahsulot yetiştiruvçilarning daromadini köpaytirişga qaratilgan mexanizmlar takomillaştirilmoqda. Joriy yilda fermer xöjaliklari paxta yetiştirişdan 13–14 trillion söm sof foyda olişi kutilmoqda.
– Bugungi tarixiy xirmon sohadagi islohotlarning yakuni emas, balki yangi bosqiçi uçun mustahkam zamindir, – deya davom ettirdi öz nutqini vazir. – Endi asosiy vazifa erişilgan natijalarni saqlab qoliş, hosildorlikni yanada oşiriş, işlab çiqariş tannarxini kamaytiriş va mahsulot raqobatbardoşligini kuçaytirişdan iborat.
Matbuot anjumanida aytildiki, kelgusi mavsumda örtaça hosildorlikni gektariga 65–70 sentnerga yetkaziş maqsad qilingan. Buning uçun ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini yanada kuçaytiriş, serhosil navlarni joriy etiş, zamonaviy agrotexnologiyalar, suv va resurs tejovçi yeçimlardan keng foydalaniş taklif etildi. Şuningdek, paxtaçilikda raqamlaştiriş, sunʼiy intellekt va zamonaviy monitoring vositalarini qöllaş orqali agrotexnik jarayonlarni aniq maʼlumotlar asosida boşqariş imkoniyatlarini kengaytiriş muhim ahamiyatga ega.
Şu bilan birga vazir paxta ekilişidan tortib, to uni yiğib olişgaça bölgan jarayonlarni oddiy, jurnalistlarga tuşunarli qilib axborot berdi. Maʼlumotlarni taqdim etar ekan “paxtaçilikda ilk bor” degan sözlar juda köp bora yangradi. Masalan, ilk bor dalalarimizda katta maydonlarda kösak qurtiga qarşi navlar köp ekildi, paxtaning töliq pişib yetilişiga eʼtibor qaratildi, 100 ming köçat joylaştirilgan maydonlarga 200 ming köçat joylaştirildi, mikro öğitlarga köproq eʼtibor qaratildi. (marganets, temir, bor kislotasi, kalsiy) Ösimlik tanasi şuning hisobiga yaxşi rivojlandi, gullari tökilib ketmadi, paxta hosili toş bosdi. Nitrat ikki barobarga qisqardi.
– Ilk bor etefon garmonlari 1-avgustda alohida sepildi. Bunda ösimlik gullaşdan töxtaydi va bor kuçini paxta hosiliga yönaltiradi, – deya tuşuntirib ötdi vazir. – Xullas, yillar davomida yöl qöyilgan xatolarni olimlar birlaşib, örgandi va ilmiy xulosalar qabul qilindi. Muhimi ana şu ilm fermerlarga yetkazildi.
Ilk bor kasalliklarga qarşi aspirin dorisi qöllanildi. Avvallari fermerlar dalani öğitlaşga gektariga 2,5 million söm sarflab hosildorlikka erişmagan bölsa, endi 100 ming sömlik sarf bilan 100 sentnerdan oşirgan fermerlar soni 1 ming nafarga yetdi.
Respublikada örtaça hosil 56 sentnerni taşkil etdi. Joriy yilda 1,7 million tonna tola oliş rejalaştirilmoqda. Hozirda töqimaçilik korxonalarida mahsulotning qöşilgan qiymatini yaratiş jarayoni davom etmoqda. Tayyor mahsulot kelgusida katta miqdorda xorijga ham eksport qilinadi.
Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar tomonidan yöllangan savollarga vazir va soha taşkilotlari rahbarlari batafsil javob qaytarişdi.
Sanjar Toşpölatov,
Doniyor Yakubov,
Uluğbek Töxtayev, ÖzA