Tarixiy onlarni O‘zA bilan kuzating!
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi taqdim etadi:
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Milliy terma jamosi o‘tgan yili uzoq kutilgan Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Ancha mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tib, ushbu muvaffaqiyatga erishgan termamiz joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiluvchi mundialda ishtirok etadi. Tabiiyki, termamizning ushbu xalqaro miqyosdagi eng yirik turnirda ilk marotaba ishtirok etayotgani ko‘pchilik hamyurtlarimizning mazkur musobaqaga bo‘lgan qiziqishini yana ham oshirgan.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi buni inobatga olib, hamyurtlarimizga ajoyib tuhfa taqdim etadi. Endi siz faqat va faqat Jahon chempionatida ishtirok etayotgan terma jamoalar haqida yangilik va maqolalar, qiziqarli bloglar, statistik ma’lumotlar, har bir terma jamoa va Mundialda foydalaniladigan har bir stadion haqida atroflicha ma’lumot olish imkoniga egasiz. Siz qidirib ovora bo‘lmang, hammasi wc.uza.uz saytida.
Mundialgacha hali ancha borku, deyishingiz mumkin. Xuddi shunday. Biroq to‘rt yillikning eng nufuzli turniriga kun sayin yaqinlashib boryapmiz va Jahon Chempionatiga oid yangiliklar tobora ko‘paymoqda. Ish va boshqa yumushlardan ortib, bizning yangi wc.uza.uz saytimizda eng sara yangilik va maqolalarimizni o‘qib borishingiz mumkin.
wc.uza.uz saytimizda hozirda jamoalar, stadionlar va qahramonlar bo‘limlari mavjud. Xususan, siz jamoalar bo‘limiga kirib, Jahon chempiontida ishtirok etayotgan har bir termaning mundiallardagi ishtiroki tarixi, yulduz futbolchilari, yutuqlari haqida tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, stadionlar bo‘limida JCHni o‘zida qabul qilayotgan 16 ta arenaning har birining sig‘imi, afzalliklari va zamonaviy imkoniyatlari haqida qiziq bloglar tayyorlab qo‘yganmiz. Tarix yaratgan hamyurtlarimiz haqida ham alohida «Qahramonlar» bo‘limimiz bor va u yerda termamizning Jahon Chempionatiga chiqishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan har bir futbolchimizning avtobiografiyasi hamda karerasini yoritib berganmiz.
Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi deganlaridek, siz saytimizga tashrif buyiring va Mundial nafasini aynan o‘sha yerda his qiling — wc.uza.uz
O‘zbekiston ilk bor Mundialda! Tarixiy onlarni O‘zA bilan kuzating!
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/6B6DpU4EItc?si=hqkT0yHxsM9JLjTY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>