"Targ‘ibot poyezdi" a’zolari talabalar bilan uchrashmoqda
"Targ‘ibot poyezdi" a’zolarining Navoiy viloyatidagi Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqoti o‘tkazilmoqda.
Targ‘ibot guruhi a’zolari institutning chet tillar, ingliz tili va adabiyoti, fizika va texnologik ta’lim, matematika-informatika, tarix, o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlarida saylovoldi targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etdi.
Shu kunlarda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida talabalarning faol ishtirokini ta’minlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining malakali professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat targ‘ibot guruhlari tomonidan talabalarning saylovga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari, ma’naviy tadbirlar tashkil qilinayapti.
Targ‘ibot tadbirlari institutning barcha fakultetlarida bo‘lib o‘tadi.



Abduvali Bo‘riyev, O‘zA