Tarag‘ay, Bashir va Tatar qishloqlari ham etnoturizm markazlariga aylantiriladi
Qashqadaryoga yiliga 6 million turist jalb qilish uchun barcha imkoniyat bor. Yil boshidan viloyatga 2,5 million sayyoh kelgan, birgina G‘elon qishlog‘iga tashrif buyurganlar soni 500 mingga yetgan.
Tatariston bilan hamkorlikda G‘elondagi tog‘-chang‘i kurortining birinchi bosqichini kelasi yil ishga tushirish rejalashtirilgan. Tabiati bilan G‘elonga o‘xshash Chiroqchidagi Tarag‘ay, Kitobdagi Bashir va Yakkabog‘dagi Tatar qishloqlarini ham etnoturizm markazlariga aylantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi. Shahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtushar qishloqlarida tog‘ daryolari negizida rafting va sport turizmini rivojlantirish mumkin.
Mutasaddilarga ushbu olti qishloq bo‘yicha bir oyda master-reja tayyorlab, 1-martdan 50 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.
Shuningdek, har bahor G‘uzorda “Lola va kabob”, Ko‘kdalada “Chiyal yaxna” gastronomik festivallarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA