Tanzaniyada dunyodagi eng yirik olmos topildi
Tanzaniyaning Shinyanga viloyati rahbari Zaynabu Telak 521 karatli olmos topilganini maʼlum qildi.
Tanzaniyaning Shinyanga viloyati rahbari Zaynabu Telak 521 karatli olmos topilganini maʼlum qildi.
Mazkur qimmatbaho tosh shu paytgacha eng yirik sanalgan 400 karatli olmosni ortda qoldirdi, deyiladi “Mvananchi” gazetasi xabarida.
“Biz bu haqdagi maʼlumotni sinchiklab tekshirib koʻrdik, yaqindagina shu hududda ichki bozorni rivojlantirish uchun yangi tilla bozorini ochgandik axir”, dedi Telak.