Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi (+video)
“Dunyo mamlakatlari” ensiklopedik kitobi asosida tashkil etilgan tanlovning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, ko‘plab insonlar turli davlatlar haqida ma’lumot olishga intiladi. Agar bu haqiqatda ilmiy jihatdan yondashilgan ensiklopedik asar shaklida, undagi axborotlar yorqin ranglarda ifodalangan va eng asosiysi hatto chekka hududdagi kitobxon ham kutubxonaga kelib undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa undan-da ko‘proq o‘ziga jalb qiladi.
So‘nggi yillarda aholi, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar yildan-yilga o‘zining qamrovini kengaytirmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jurnalist va adib, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” ensiklopedik kitobi asosida tashkil etilgan tanlovning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu o‘rinda, muallifning uzoq yillik izlanishlari va sa’y-harakatlari natijasida nashr qilingan "Dunyo mamlakatlari" ensiklopedik asari Muvofiqlashtiruvchi Kengash ko‘magida respublikamizdagi 200 dan ortiq axborot-kutubxona muassasalariga yetkazib berilishini alohida e’tirof qilish kerak. Bu orqali ushbu axborot-kutubxona muassasalarining kitob fondi yana bir muhim asar bilan boyitilishiga erishildi.
Kitobxonlikni targ‘ib etish yo‘lidagi bu kabi tanlovlardagi xalqaro miqyosidagi rag‘batlantirishlar barcha yoshdagi o‘quvchi kitobxonlarni birdek birlashtirdi. Tanlovning yangi bosqichlarda yanada kengroq miqyosida davom ettirilishi esa ishtirokchilar tomonidan yanada quvonarli yangilik sifatida qabul qilindi. Biz ham o‘z o‘rnida tanlov g‘oliblarini tabriklab, tashkilotchilarga mas’uliyatli vazifalarda omad tilab qolamiz.
Batafsil
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zY02CkEWLw4" title="Tanlov g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov